» » Parijda politsiyachi xitoylikni otib qo‘ygani uchun norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda

Parijda politsiyachi xitoylikni otib qo‘ygani uchun norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda


Parij shimolida noma’lum shaxslar avtomobillarga o‘t qo‘ydi va do‘konlar oynasini sindirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. 

Politsiya bilan to‘qnashuvlarda 38 kishi hibsga olindi, 3 nafar huquq-tartibot xodimi jarohatlandi.

G‘alayonlar 27-mart, dushanba kuni kechki payt boshlandi. Bunga politsiyachilar tomonidan kelib chiqishi Xitoydan bo‘lgan 56 yoshli erkakning o‘ldirilishi sabab bo‘ldi. 

Politsiya guruhi oilaviy mojaro yuzasidan chaqiriq bo‘yicha yetib kelganida ularni uy egasi qarshi oldi. Uning qo‘lida baliq bo‘laklaydigan qaychi bor edi. Politsiyachilardan biriga erkak sherigiga tahdid etayotgandek ko‘rindi va unga qarata o‘q uzdi.

Okrug aholisi va xitoy diasporasi vakillari jandarmeriya rahbariyati aybdorlarni jazolamaguncha norozilik aksiyasi davom etishini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют