» » Onlayn auksionda sotilgan avtomobil raqamlari qiymati 245 mlrd so‘mdan oshdi

Onlayn auksionda sotilgan avtomobil raqamlari qiymati 245 mlrd so‘mdan oshdi


Birjaning “Avtoraqam” elektron savdo platformasi ishga tushirilgan paytdan boshlab umumiy qiymati 245 milliard so‘mdan yuqori 50 mingta avtomobil raqam belgilari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, Spot xabar bermoqda.

Bitta bitimning o‘rtacha qiymati 5 million so‘mni tashkil etgan.

Yuridik va jismoniy shaxslar avtoraqamlar sotuvi bo‘yicha 2017-yildan buyon o‘tkaziladigan savdolarda vositachilarning ishtirokisiz, ya’ni bevosita o‘zlarining shaxsiy kabineti orqali ishtirok etadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgisini oshirilgan to‘lov stavkasi bo‘yicha xarid qiladigan yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlarining shaxsiy kabinetidagi login va parolni tegishlicha saqlanishi va xavfsizligi uchun to‘liq javob beradi.

2019-yil onlayn auksionda 72,3 milliard so‘mlik 17 448 avtoraqamlar sotilgan. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 4,1 million so‘mni tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют