» » Gender tafovut ko‘rsatkichlari keltirilgan 150 ga yaqin mamlakat ro‘yxatiga O‘zbekiston biror marta ham kiritilmagan

Gender tafovut ko‘rsatkichlari keltirilgan 150 ga yaqin mamlakat ro‘yxatiga O‘zbekiston biror marta ham kiritilmagan


Shu kunga qadar gender tafovut ko‘rsatkichlari keltirilgan 150 ga yaqin mamlakat ro‘yxatiga O‘zbekiston biror marta ham kiritilmagan. Bu haqda O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining XXI yalpi majlisida senator Sayyora Baratova aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Yalpi majlisda Sayyora Baratova “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuni yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Qonun mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida sobitqadam bo‘lish, aniq natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturlarni ishlab chiqish hamda qonunda belgilangan tamoyillar asosida muhim natijalarga erishish imkonini beradi. Mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha ish beruvchining majburiyatlari aniq belgilab qo‘yilgani ham qonunning muhim jihatlaridan biridir. ”, — dedi senator.

Ushbu qonun 32 moddadan iborat bo‘lib:

— “gender”, “gender statistikasi”, “gender-huquqiy ekspertiza”, “jinsiy kamsitish” tushunchalari va turlari;

— mazkur yo‘nalishda vakolatli organlarning vazifalari va funksiyalari;

— davlat boshqaruvida ishtirok etishda, ishga qabul qilish yoki yollashda, kreditlar olishda va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha normalar;

— gender tenglik buzilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda javobgarlik masalalari aks ettirilgan.

Qonunda erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlarni ta’minlashning asosiy prinsiplari belgilangan.

E’tiborli jihati qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining gender-huquqiy ekspertizasini o‘tkazishga oid alohida norma belgilangan.

Bu esa bugungi kunda qonun hujjatlari va ularning loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazib kelinayotgani kabi gender tenglik nuqtai nazaridan ham huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishiga asos bo‘ladi.

Qonunning yana bir muhim jihati, unda gender statistikasini shakllantirish mexanizmi ochib berilgan. Davlat statistika organlari mazkur statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish, ularni doimiy yangilab borish uchun vakolatli organ etib belgilangan.

Qonunda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash sohasidagi Vazirlar Mahkamasi va Gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha komissiyasining, shuningdek, davlat organlarining vakolatlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtiroki belgilangan.

Qonunda xotin-qizlar va erkaklarni ishga qabul qilishga oid normalar belgilangan bo‘lib, ularga ko‘ra davlat xizmatidagi bo‘sh lavozimlarni, shu jumladan, rahbar lavozimlarini egallash uchun tanlov e’lon qilinadi. Buning uchun davlat organlarida maxsus komissiyasi tuzilib, nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют