» » Avstraliya rasmiylari “Debbi” sikloni yetkazgan “jiddiy zarar” haqida ma’lum qildi

Avstraliya rasmiylari “Debbi” sikloni yetkazgan “jiddiy zarar” haqida ma’lum qildi


Avstraliya shimoli-sharqidagi “Debbi” sikloni xurujini boshidan o‘tkazayotgan 45 mingdan ortiq uy elektr energiyasiz qoldi. Bu haqda Kvinslend shtati bosh vaziri Anastasiya Palashchuk ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

“Bizga jiddiy zarar va shikastlanishlar haqida xabarlar kelmoqda, biroq ularning bari hozircha dastlabki ma’lumot. Ayrim aholi punktlari bilan aloqa uzilgan, joylardan axborotning yetishmasligi eng katta muammo bo‘lib turibdi”, — deya ta’kidladi shtat hukumati rahbari. 

Kvinslend politsiyasi komissari Ien Styuart siklon oqibatida bir kishi — uyining devori qulagan Proserpayn shaharchasi fuqarosi jabrlanganini bildirdi. 

“Mazkur tabiiy ofat ko‘lami juda keng va biz jabrlanganlar, hatto qurbonlar haqidagi ko‘plab xabarlarga tayyor turishimiz kerak. Men Kvinslendning shimoli-sharqiy tumanlari aholisini bugun-erta uylarida qolish va qutqaruvchilar hamda harbiylar yordam ko‘rsatish uchun foydalanadigan avtoyo‘llarga yaqinlashmaslikka chaqiraman”, — deya ogohlantirdi Ien Styuart. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют