» » Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida qachongacha o‘ynamoqchi ekanligini aytdi

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida qachongacha o‘ynamoqchi ekanligini aytdi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini qaysi payt yakunlashi haqida aytib o‘tdi.

“Men terma jamoaga eshiklarimni yopmayman. Kuchim va motivatsiya bor ekan, terma jamoaga yordam berishdan to‘xtamayman. Meni chaqirmay qo‘yishsagina terma jamoadan ketaman (kuladi).

Qatardagi Jahon Chempionati? Men buni inkor qilmayman (Ronaldu u vaqtda 37 yosh bo‘ladi — izoh “Daryo”). O‘ylashimcha, bu vaqtda terma jamoadan uzoqda bo‘lmayman.

Men Portugaliya termasi bilan ko‘plab ajoyib onlarni o‘tkazdim. So‘nggi besh yil ichida terma jamoadagi o‘yinimdan ko‘proq zavq oldim. Nimagaligini so‘ramang, biroq men terma jamoa sharafini himoya qilishni sevaman”, — deydi Ronaldu.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют