» » Maykl Jeksonning sobiq agenti qo‘shiqchining maxfiy vasiyatini e’lon qildi

Maykl Jeksonning sobiq agenti qo‘shiqchining maxfiy vasiyatini e’lon qildi


Maykl Jeksonning sobiq agenti Reymon Beyn qo‘shiqchining o‘limidan bir necha yil oldin maxfiy vasiyat yozganini ma’lum qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Beynning so‘zlariga ko‘ra, hujjat 2006-yilda tuzilgan va u bundan 4 yil avval yozilgan vasiyatnomaning o‘rnini bosishi lozim bo‘lgan.

Uning ta’kidlashicha, Jekson uning merosini qanday saqlab qolish kerakligi haqida hujjatda batafsil bayon qilgan. Beyn, shuningdek, hujjatning notarial tasdiqlanishida ishtirok etganini va uning mazmunini eshitganini ham aytgan.

Hozirda ushbu hujjat qayerda ekanligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Jeksonning 2002-yilgi vasiyatiga ko‘ra, qo‘shiqchining aktivlari oilaviy trastga o‘tgan, uning onasi Ketrin Jekson esa uch farzandning qonuniy vasiysi bo‘lgan.

O‘n yil avval artistning ukasi Rendi Jekson 2002-yilning 7-iyuliga tegishli bo‘lgan vasiyatnomaning haqiqiyligiga shubha qilgan. Uning aytishicha, Jekson o‘sha paytda Los-Anjelesda bo‘lmagani sababli hujjatni imzolagan bo‘lishi mumkin emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют