» » Nursulton Nazarboyevning qizi Shveysariyada 63 mln dollarlik qal’ani sotib oldi

Nursulton Nazarboyevning qizi Shveysariyada 63 mln dollarlik qal’ani sotib oldi


Nursulton Nazarboyevning o‘rtancha qizi Shveysariyadagi “Belriv” (Ch?teau de Bellerive) qal’asini 63 million dollarga sotib oldi, deb xabar berdi Exclusive.

Qal’a Jeneva yaqinida joylashgan va Shveysariyaning milliy meroslari ro‘yxatiga kiritilgan. Dinara Kulibayeva uni 62 million frankka (63 million dollarga yaqin) sotib olgan.

Qayd etilishicha, “Belriv” 1997-yilda shahzoda Sadriddin Og‘a Xon tomonidan aka-uka Syorsoklarga sovg‘a qilingan. Shahzoda Sadriddin 2003-yilda 70 yoshida vafot etgan bo‘lib, ikki marta uylangan, lekin farzand ko‘rmagan.

Syorsoklar 28,7 ming kvadrat metr maydonda joylashgan qal’a uch yil avval 120 million frankka sotuvga qo‘yilgan.

Qal’a bir necha kun oldin Dinara Kulibayeva tomonidan 62 million frankka sotib olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-08-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют