» » Shavkat Mirziyoyev Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi


Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida ham ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Ushbu havzalardan foydalanishni tartibga solish, noqonuniy baliq ovlashga chek qo‘yish, bu yerda inkubatsiya sexlari tashkil etish hisobiga yetishtirilayotgan baliq hajmini kelgusi uch yilda 20 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, ko‘l havzasida baliq yetishtirish bo‘yicha mamlakatimizning barcha viloyatlariga 14 hudud ajratib berildi. Ushbu hududlarda viloyatlar tomonidan baliq yetishtirish va uni muhofaza qilish ishlari tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida prokuratura, ishki ishlar boshqarmalari xodimlaridan iborat maxsus otryadlar tashkil qilish va ko‘l hududini brokonyerlardan tozalash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi. Yetishtirilgan mahsulotni eksport qilish choralarini ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют