» » Tramp Amerika kompaniyalarini Xitoydan chiqib ketishga chaqirdi

Tramp Amerika kompaniyalarini Xitoydan chiqib ketishga chaqirdi


AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika kompaniyalarini zudlik bilan Xitoy o‘rniga boshqa muqobil joy topishga va o‘z biznes va ishlab chiqarishlarini mamlakatga qaytarishga chaqirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

AQSh prezidenti bu orqali Xitoy hukumati tomonidan Amerika tovarlariga joriy etiladigan boj to‘lovlariga javob qaytarmoqchi.

“Mamlakatimiz uzoq yillar davomida ahmoqqa o‘xshab Xitoy sabab trillionlab dollar yo‘qotib keldi. Ular har yili milliardlab dollar turadigan bizning intellektual mulkimizni o‘g‘irladilar va bu ishni davom ettirmoqda. Men bunga yo‘l qo‘ymayman”, — deb yozadi Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarga “Xitoy kerak emas”, chunki usiz mamlakatga “ancha yaxshi bo‘lgan”. Shuningdek, Tramp Amerika kompaniyalariga Xitoyning o‘rniga boshqa bir davlat topishni “buyurishini” ma’lum qilgan.

Avvalroq, Xitoy Amerika tovarlariga yillik 75 milliard dollar qo‘shimcha boj joriy etilishini e’lon qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют