» » Shavkat Mirziyoyev Malikobod mahallasida sumalak tayyorlayotgan onaxonlar bilan samimiy suhbat qurdi

Shavkat Mirziyoyev Malikobod mahallasida sumalak tayyorlayotgan onaxonlar bilan samimiy suhbat qurdi


Navoiy viloyatidagi “Vang‘ozi agro” fermer xo‘jaligining shiyponida Malikobod mahallasining onaxonlari sumalak tayyorladi.

O‘zAning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ular bilan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar odamlar hayotida qanday aks etayotgani, xotin-qizlar turmushini farovon qilish, farzandlar ta’lim-tarbiyasi to‘g‘risida samimiy suhbat qurdi.

Malikobod mahallasida yashovchi Jumagul Fayzullayeva barcha islohotlardan avvalo odamlar manfaat ko‘rayotgani, O‘zbekistondagi o‘zgarishlar xalqning ertangi kunga ishonchini mustahkamlayotganini faxr bilan ta’kidladi.

Odamlarning quvonchi, ertasiga ishonchi oilasidagi hayot tarzi, turmush darajasiga bog‘liq. Bizga shu ham bo‘laveradi, degan qarash bilan yashash vaqti allaqachon o‘tdi. Uyida daromad topgan, farzandlarini ham shu ruhda o‘stirgan oila o‘zining farovonligiga zamin yaratadi. Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlardan maqsad odamlarga yelkadosh bo‘lish, farzandlarining baxti-kamolini ko‘rishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishdir.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют