» » Okibjon Inamov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi

Okibjon Inamov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandi


Okibjon Inamov Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Okibjon Inamov 1984-yili Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini viloyat statistika boshqarmasida boshlagan. 2006-yildan 2016-yilga qadar viloyat Iqtisodiyot bosh boshqarmasida ishlagan, 2014—2016-yillarda shu boshqarma boshlig‘i bo‘lgan.

2017—2018-yillarda viloyat hokimligining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha kotibiyati mudiri, so‘ng viloyat Investitsiyalar bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ish olib borgan.

U shu kungacha Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 154) ( 0) ( 152) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют