» » APL. “Chelsi” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)

APL. “Chelsi” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi (video)


24-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 3-turida Frenk Lempard qo‘l ostidagi Londonning “Chelsi” klubi “Norvich” maydoniga safar qiladi.

Bellashuv davomida “aristokratlar” hujumchisi Temmi Abraham (3, 68) dublga erishgan bo‘lsa, yarim himoyachi Meyson Maunt (17) o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Mezbon jamoadan esa Todd Kentuell (6) hamda Teyemu Pukki (30) bittadan golga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Chelsi” “Norvich”ni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, mavsumdagi dastlabki g‘alabasiga erishdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng londonliklar ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 10-o‘ringa ko‘tarildi.

APL

3-tur bahslari

23-avgust, juma

Gollar: 1:0 — 21 Uesli, 2:0 — 90 Al-Gazi

24-avgust, shanba

Gollar: 0:1 — 3 Abraham, 1:1 — 6 Kentuell, 1:2 — 17 Maunt, 2:2 — 30 Pukki, 2:3 — 68 Abraham

“Norvich”: Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Lyaytner (Maklin, 81), Tribull (Vranchich, 81), Kentuell, Shtipermann (Srbeni, 81), Buendia, Pukki

“Chelsi”: Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Zuma, Emerson, Jorjinyo, Kovachich, Barkli, Maunt (Alonso, 90), Pulishich (Villian, 84), Abraxam (Jiru, 75)

Ogohlantirishlar: Jorjinyo (33), Shtipermann (43)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют