» » O‘zbekiston Prezidenti NKMKning 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi

O‘zbekiston Prezidenti NKMKning 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishiga tamal toshini qo‘ydi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy davlat konchilik institutiga tashrif buyurdi, deya xabar bermoqda O‘zA. Bu yerda Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Prezident tashabbusi bilan 2017—2026-yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshirilishi belgilangan. 5-gidrometallurgiya zavodi ularning eng muhimlaridan biridir. Umumiy qiymati 396 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyiha yiliga 5 million tonna rudani qayta ishlash, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev yangi gidrometallurgiya zavodi ulkan iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Auminzo-Amantoy oltin konlarida o‘zlashtirishni boshlash uchun ramziy tugmani bosdi. Tadbirni videokonferensiya orqali Tomdi tumanida, 5-gidrometallurgiya zavodi bunyod etiladigan hududda kuzatib turgan kombinat mutaxassislari konni portlatdi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Navoiy bo‘limini tashkil etish borasidagi loyihalar bilan tanishdi.

2017-yil 17-fevraldagi “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori asosida faoliyat boshlaydigan akademiyaning mintaqaviy bo‘limi Navoiy hududini texnologik va ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsiya ilmiy-tadqiqotlarini olib borishga ixtisoslashgan bo‘lib, uning tarkibida 5 ilmiy laboratoriya ish olib boradi.

Joriy yilning III choragida ish boshlaydigan ilmiy markaz fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishga, Navoiy davlat konchilik institutida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ulkan hissa qo‘shadi.

Sanoat rivoji uchun ilm, innovatsiya suv va havodek kerak. Bu yerda Fanlar akademiyasining bo‘limini tashkil etishni hayotning o‘zi taqozo etdi. Bundan maqsad ilmga asoslanib mahsulotlarning tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirishdir. Shu bois tadqiqotlarni zamon talablari asosida tashkil etish, laboratoriya ishlarini takomillashtirish zarur. Barcha izlanishlar istiqbolga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida amalga oshiriladigan loyihalarni ko‘zdan kechirdi.

2017—2026-dyillarda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 27 loyiha amalga oshiriladi. Qiymati 3 milliard 63 million dollar bo‘lgan mazkur loyihalar natijasida kombinatning ishlab chiqarish quvvati 30 foizga ortadi. Qo‘shimcha 31 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Pistali konini o‘zlashtirish va 6-gidrometallurgiya zavodini qurish, 2-gidrometallurgiya zavodi quvvatini kengaytirish, Muruntov konini o‘zlashtirishning 5-navbati, texnogen chiqindilarni qayta ishlash majmuasi qurilishi va boshqa loyihalar ham namoyish etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют