» » APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga yutqazib qo‘ydi

APL. “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga yutqazib qo‘ydi


24-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 3-turi doirasida navbatdagi 4 ta uchrashuv yakunlandi.

Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” “Old Trafford” stadionida Londonning “Kristal Pelas” jamoasini qabul qildi.

Bellashuvning 32-daqiqasida London klubi hujumchisi Jordan Ayyu hisobni ochgan bo‘lsa, 89-daqiqaga kelib “mankunianlar” yarim himoyachisi Deniel Jeyms Antoni Marsial uzatmasini golga aylantirdi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay “Kristal Pelas” himoyachisi Patrik van Anxolt jamoasining g‘alabali goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa “Yunayted” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va ochkodan mahrum bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” 4 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

APL

3-tur bahslari

24-avgust, shanba

Gollar: 0:1 — 55 Jenepo, 0:2 — 90 Redmond

Gol: 0:1 — 32 Ayyu, 1:1 — 89 Jeyms, 1:2 — 90 van Anxolt

Gollar: 0:1 — 38 Vardi, 1:1 — 62 Makberni, 1:2 — 70 Barns

Gollar: 0:1 — 3, penalti, Nobl, 1:1 — 17 Grey, 1:2 — 64 Aller, 1:3 — 73 Aller

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют