» » O‘zbekiston termasi takroriy o‘yinda ham Qatarni mag‘lub etib, JCh uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi

O‘zbekiston termasi takroriy o‘yinda ham Qatarni mag‘lub etib, JCh uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi


Samvel Babayan ustozlik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi takroriy o‘yinda ham Qatarni mag‘lub etib, ochkolari sonini 12 taga yetkazib oldi.

O‘zbekiston termasi saralashning 4 ta o‘yinida zafar quchdi: Suriya (1:0), Qatar (1:0), Xitoy (2:0) va Qatar (1:0). Va yana 3 tasida imkoniyatni boy berdi: Eron (0:1), Janubiy Koreya (1:2) va Suriya (0:1). Shu tariqa O‘zbekiston 12 ochko jamg‘ardi va bu borada guruhning uchinchi jamoasi bo‘lib turibdi.

Ma’lumot uchun, o‘z guruhida 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalarda ham JCh uchun kurashni davom ettirish imkoniyati bo‘ladi. Buning uchun “B” guruhidagi uchinchi termani mag‘lub etish, keyin esa qit’alararo pley-offdan butun chiqish kerak bo‘ladi. Samvel Babayan jamoasida dastlabki ikki yo‘llanmadan birini qo‘lga kiritish imkoniyati saqlanib turibdi.

O‘zbekistonliklar navbatdagi uch turda Eron va Xitoyda mehmon bo‘ladi. Toshkentga esa Janubiy Koreya termasi tashrif buyuradi.

JCh—2018. Osiyo
“A” guruhi. 7-tur
28-mart, seshanba

Gol: Odil Ahmedov, 65 (1:0).

O‘zbekiston —Aleksandr Lobanov — Davron Hoshimov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimes, Aleksandr Merzlyakov, Aziz Haydarov, Odil Ahmedov, Eldor Shomurodov, Server Jeparov (Vadim Afonin, 81), Sardor Rashidov (Marat Bikmayev, 60), Igor Sergeyev (Temurxo‘ja Abduxoliqov, 86).

Опубликовано: admin (28-03-2017, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют