» » Bundesliga. Levandovski het-trikka erishgan o‘yinda “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)

Bundesliga. Levandovski het-trikka erishgan o‘yinda “Bavariya” yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)


24-avgust, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 2-turi doirasida 6 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Amaldagi chempion Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Shalke-04”ni sinovdan o‘tkazdi.

O‘yinning 20 (penalti), 50 hamda 75-daqiqalarida myunxenliklar yetakchisi Robert Levandovski 3 bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa “Bavariya” mehmonda “Shalke-04” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Qayd etish joiz, mazkur g‘alabadan so‘ng Myunxen klubi 4 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 4-o‘rindan joy olib turibdi. “Shalke-04” esa 1 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Bundesliga

2-tur bahslari

24-avgust, shanba

Gollar: 0:1 — 42 Fyullkrug, 1:1 — 54 Bichakchich, 2:1 — 59 Bebu, 2:2 — 81 Osako, 3:2 — 87 Kaderjabek

Gollar: 0:1 — 6, avtogol, Beyker, 0:2 — 33 Arangis, 0:3 — 39 Belarabi, 1:3 — 82 Morales

Gollar: 1:0 — 18 Kvayson, 1:1 — 31 Layner, 1:2 — 77 Plea, 1:3 — 79 Embolo

Gollar: 1:0 — 59 Vargas, 1:1 — 80 Andersson

Gollar: 1:0 — 3 Mamba, 1:1 — 21, penalti, Valdshmidtm 1:2 — 40 Petersen, 1:3 — 90 Kvon Chxan Xun

Gollar: 0:1 — 20, penalti, Levandovski, 0:2 — 50 Levandoski, 0:3 — 75 Levandovski

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-08-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют