» » Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida raqibini 30 soniyada nokautga uchratdi

Shahram G‘iyosov navbatdagi jangida raqibini 30 soniyada nokautga uchratdi


Professional boksning super yengil vazn toifasida (-63,5 kg) ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8 ta jang, 6 ta nokaut) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 25-avgust tongida o‘tkazdi.

G‘iyosov kolumbiyalik sobiq jahon chempioni Darlis Peresga (34 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 22 ta nokaut) raqiblik qildi. Meksikaning Ermosilyo shahridagi Sentro de Usos Multiples arenasida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Shahram WBA International chempionlik kamarini munosib himoya qildi.

O‘zbekistonlik bokschi 10 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raundining 30 soniyasidayoq Peresni chap qo‘lda berilgan kuchli zarbasi orqali nokautga uchratdi.

Natijada Shahram G‘iyosov professional boksdagi to‘qqizinchi g‘alabasi nokaut orqali qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26-aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni (20 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 14 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют