» » O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari qayta rekonstruksiya qilinadi

O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari qayta rekonstruksiya qilinadi


O‘zbekistonda dehqon bozorlarining me’moriy qiyofasini yaxshilash va zamonaviy savdo-bozor infratuzilmasini shakllantirish maqsadida Prezident tomonidan “2017—2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilishni davom ettirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

Qaror bilan dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutilgan:

Alohida ta’kidlab o‘tish joizki, quyidagilar loyihalarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Dasturni amalga oshirishga jami 746 milliard so‘m, shundan 631,5 milliard so‘m Milliy bank mablag‘lari va 81,5 milliard so‘m tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklarining imtiyozli kredit resurslari jalb etiladi.

Respublikaning qishloq tumanlarida faoliyat ko‘rsatib turgan dehqon bozorlari hududida tashkil etiladigan 3 ta 3 qavatli gipermarket, 21 ta 2 qavatli va 116 ta 1 qavatli supermarket hamda 63 ta minimarket qurilishi Milliy bank tomonidan amalga oshirilib, keyinchalik mahalliy hokimliklar bilan birgalikda, joylardagi moliyaviy barqaror tadbirkorlarga xususiy mulk sifatida sotilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, respublika shaharlarida quriladigan 6 ta zamonaviy gipermarket, 17 ta supermarket hamda 16 ta minimarket qurilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tavsiya etilgan moliyaviy barqaror bo‘lgan mahalliy tadbirkorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

Dehqon bozorlari hududida quriladigan 531 ta zamonaviy va ixcham yengil temir konstruksiyalardan foydalangan holda yig‘ib-teriladigan savdo rastalarining qurilishini moliyalashtirish, shuningdek, Milliy bank mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2017-yilning 1-aprelidan boshlab respublika hududlarida 50 ta va undan ortiq savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan barcha dehqon bozorlarida davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan yig‘imning to‘liqligini har kuni tekshirgan holda faqat bank tizimi orqali bir martalik yig‘imlar undirilishining avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olinishi majburiy tartibda joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2017-yilning 1-aprelidan boshlab dehqon bozorlariga tegishli hududda joylashgan avtoto‘xtash joylari mazkur bozorlar ixtiyoriga o‘tkaziladi. Avtoto‘xtash joylaridan tushadigan pul tushumlari hisobidan bozorlar va savdo komplekslarning daromadlari oshadi, bu esa bir vaqtning o‘zida bozorlar daromadlaridan davlat byudjetiga ajratmalar ortishini ta’minlaydi.

Dasturning amalga oshirilishi dehqon bozorlarining soni va hududi maqbullashtirilishini, ularning maydonlaridan va infratuzilma obyektlaridan samarali foydalanilishini, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan savdo qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini, xaridorlar uchun qulay savdo muhiti yaratilishini, savdoni hisob-kitob terminallari orqali tashkil etish hisobiga naqd pul mablag‘lari aylanmasi qisqarishini, shuningdek, respublikada 2020-yilda dehqon bozorlari to‘liq rekonstruksiya qilinishini ta’minlaydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют