» » Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahri bosh imom-xatibi etib tayinlandi

Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahri bosh imom-xatibi etib tayinlandi


25-avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Nuriddin domla Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

Nuriddin Xoliqnazarov 1968-yilda Andijon viloyatining Asaka shahrida tug‘ilgan. 1992-yilda Buxorodagi Mir Arab madrasasi, 1998-yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007-yilda Farg‘ona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida Nuriddin Xoliqnazarov Asaka shahridagi “Ahmadali Maxdum” jome masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O‘zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.

Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi bo‘lib ishlab kelgan Rahimberdi Rahmonov “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasida faoliyatini davom ettiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют