» » Markaziy harbiy okrug poligonida yangicha yondashuvdagi amaliy otish mashg‘uloti o‘tkazildi (foto+video)

Markaziy harbiy okrug poligonida yangicha yondashuvdagi amaliy otish mashg‘uloti o‘tkazildi (foto+video)


Markaziy harbiy okrugdagi “Kattaqo‘rg‘on” poligonida doimiy jangovar shaylikdagi harbiy qism shaxsiy tarkibi bilan katta masshtabdagi amaliy otish mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotda Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonidagi harbiy qism komandirlari va ularning o‘rinbosarlari, batalyon va vzvod komandirlari ishtirok etgan. Yangicha tizimdagi otish mashqlarida 40 dan ortiq o‘quv joylarida bir vaqtning o‘zida barcha mutaxassisliklar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar bajarilgan.

“Kattaqo‘rg‘on” poligoni hududi va salmog‘i jihatidan O‘zbekistondagi eng katta dala o‘quv maydoni hisoblandi. Bu yerda birinchi marotaba otish tayyorgarligi bo‘yicha katta masshtabdagi mashg‘ulot o‘tkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют