» » O‘zbekistondagi dehqon bozorlarining 70 foizdan ortig‘i savdoni tashkil etishning zamonaviy talablariga javob bermaydi

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarining 70 foizdan ortig‘i savdoni tashkil etishning zamonaviy talablariga javob bermaydi


O‘zbekiston Prezidentining “2017—2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinishi oldidan O‘zbekistonda hozirgi vaqtda faoliyat ko‘rsatayotgan 328 ta dehqon bozorini har tomonlama tanqidiy tahlil qilib chiqilgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bozorlarning 70 foizidan ortig‘i (231)ning moddiy-texnika bazasi savdoni tashkil etishning zamonaviy talablariga (muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, savdo rastalari, obodonlashtirish, avtomobillar to‘xtash joylari va boshqalar) javob bermasligi ma’lum bo‘lgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi barcha dehqon bozorlari qayta rekonstruksiya qilinadi

Tumanlardagi qishloq aholi punktlarida joylashgan bozorlarning 20 foizidan ortig‘i (59) esa haftada faqat bir kun va zarar ko‘rib ishlashi aniqlangan. Bozorlarning 90 foizidan ortig‘i (301) zamonaviy qurilish normalari talablari va savdo xizmati ko‘rsatish shartlari hisobga olingan holda mukammal ta’mirlashni talab etiladi.

Bundan tashqari, tahlillar respublika qishloq tumanlari aholisi amalda bozorlarda zamonaviy to‘lov tizimlaridan (plastik kartochkalardan) foydalanib qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va kundalik ehtiyoj tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega emasligini, aholiga savdo xizmatlari ko‘rsatish darajasi ham zamonaviy talablarga javob bermasligini ko‘rsatgan.

“Dehqon bozorlarining asosiy qismi katta hududlarni egallaydi, ko‘pincha aholi uchun iste’mol tovarlarining eng zarur turlari sotuvda bo‘lmaydi. Ushbu barcha omillar dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularni yanada rivojlantirish strategiyasini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatmoqda”, — deyiladi Prezident qarori sharhida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-03-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют