» » Buxoroda soxta guvohnoma bilan Lacetti boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi

Buxoroda soxta guvohnoma bilan Lacetti boshqarib yurgan haydovchi aniqlandi


2019-yil 28-iyul kuni soat 18:05 larda Buxoro viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Romitan tumani hududida shu tumanda yashovchi J.M boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi yo‘l harakati qoidasini buzib kelayotganligi sababli to‘xtatilgan. Bu haqda IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Haydovchining hujjatlari ko‘zdan kechirilganda unga tegishli haydovchilik guvohnomasi va ogohlantirish taloni qalbaki ekanligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 228-moddasi 1 va 3-qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar! Tez va oson haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilayotganlar aldoviga uchmang, ogoh bo‘ling!” — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют