» » RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” g‘alabaga erishdi (video)

RPL. Shomurodov gol urgan o‘yinda “Rostov” g‘alabaga erishdi (video)


25-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Rossiya chempionatining 7-turida Valeriy Kaprin boshqaruvidagi “Rostov” klubi o‘z maydonida “Rubin”ni qabul qildi.

Bellashuvning 15-daqiqasida mehmon jamoa hujumchisi Yevgeniy Markov hisobni ochdi (1:0). 29-daqiqada esa O‘zbekiston terma jamoasi hamda “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganda mezbon jamoa yarim himoyachisi Aleksandr Saplinov jamoasining g‘alabali goliga mualliflik qildi (2:1).

Mazkur o‘yindan so‘ng “Rostov” ochkolari sonini 14 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda.

Qayd etish joiz, joriy mavsum Shomurodovning gollari soni 5 taga yetdi. Eldor bundan tashqari bitta golli uzatma berishga ham erishgan.

RPL

7-tur bahsi

25-avgust, yakshanba

Gollar: 0:1 — 15 Markov, 1:1 — 29 Shomurodov, 2:1 — 87 Saplinov

“Rostov”: Baburin, Chernov, Kozlov, Chistyakov, Sigurdsson, Yeremenko, Saplinov (Dolgov, 90), Glebov (Zuyev, 76), Ionov (Logashov, 90), Normann, Shomurodov

“Rubin”: Dyupin, Pliyev, Danchenko, Sorokin, Stepanov, Bashkirov (Zokirov, 88), Podberezkin (Kvarasxeliya, 44), Konovalov, Davitashvili, Mikeltadze (Makarov, 89), Markov

Ogohlantirish: Shomurodov (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-08-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют