» » Viloyat hokimlariga yangi yordamchilar tayinlanadi

Viloyat hokimlariga yangi yordamchilar tayinlanadi


“Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 2020—2021 yillar davomida kamida 20 foizga oshirilishi lozim. Shu maqsadda qator chora-tadbirlar belgilangan.

Xususan:

importning o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga kafillik va kredit foiz to‘lovlari kompensatsiya qilinadi;

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi joriy etiladi.

Shuningdek:

Hisob palatasida importni doimiy tahlil va monitoring qilish yo‘nalishida alohida tarkibiy tuzilma;

Vazirlar Mahkamasida Iqtisodiyot tarmoqlarida va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini ishlab chiqish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari sho‘’basi tashkil qilinadi.

Qaror bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilandi va unga qo‘shimcha vazifalar yuklandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют