» » O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash tartibi o‘zgaradi

O‘zbekistonda valyuta ayirboshlash tartibi o‘zgaradi


Markaziy bank “Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” qaror loyihasini tayyorladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Hujjat loyihasida Markaziy banki boshqaruvining 2018-yil 28-apreldagi 16/9-son qarori bilan tasdiqlangan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilgan:

Xususan, qarorning 5-band quyidagi tahrirda bayon etish:

“5. Chet el valyutasini ayirboshlash operatsiyalari bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdoriga teng bo‘lgan yoki undan oshgan hollarda jismoniy shaxslardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (YaTTdan qo‘shimcha ravishda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi) talab etiladi (chet el valyutalarini sotish operatsiyasi bundan mustasno) va ushbu hujjat nusxalari operatsiyalarni amalga oshirgan xodimlar tomonidan bank kunlik hujjatlariga tikib qo‘yiladi.”.

2-bob (Tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish) nomidagi va 6-banddagi (Tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish bank rahbarining buyrug‘iga asosan bankning tegishli tarkibiy bo‘linmasiga yuklatiladi) “valyuta ayirboshlash operatsiyalarini” degan so‘zlar “naqdsiz shaklda chet el valyutasini sotish operatsiyasini” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Shuningdek, 47-1-band bilan to‘ldirish:

“47-1. Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida rezident jismoniy shaxslarga naqd chet el valyutasini sotish operatsiyasi rezident jismoniy shaxs tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgan holda shoxobchaga topshirgan naqd yoki shaxsiy bank kartasidagi milliy valyuta miqdori doirasida amalga oshiriladi.”.

Barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-08-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют