Xitoylik aktyor Jeki Chan koronavirusga qarshi vaksina yaratishlari uchun 1 mln yuan mablag' ajratdi…
Hozirgi kunda Gollivudda ijod qilayotgan xitoylik mashhur aktyor, sportchi, rejissyor Jeki Chan o'z vatanida ko'pchilikning o'limiga sababchi bo'lgan, minglab odamlarning tinchini buzgan pnevmoniya ko'rinishidagi koronavirusga qarshi vaksina yaratishlari uchun shaxsiy jamg'armasidan 1 million yuan ajratdi. Aktyorning gapiga qaraganda, 1 million yuan uning uchun katta pul emas.
— Men vatanimdagi ko'chalar kimsasiz qolib ketganini ko'rib yig'ladim, — deydi aktyor. — Hamma xafa, bezovta, ayollar, qizlar yig'lamoqda. Har kuni xonadonlarda o'lim xavfi izg'imoqda. Istardimki, tezroq o'sha vaksinani yaratishsa-yu, Xitoy ko'chalari yana odamga to'lsa. Butun dunyoda yana tabassum, kulgi, xursandchilik, salomatlik hukm sura boshlasa. Agar shu vaksinani yaratishsa, men yaratuvchilarni shaxsan mukofotlayman.
Nukusda sotuvchisi yo'q, antiqa suv sotish qurilmasi ishga tushdi
Nukus shahrida sotuvchisi yo'q, tozalangan suv sotish qurilmasi ishga tushdi. Bu haqda Kruz xabar bermoqda.
Ushbu qurilmaning antiqaligi shundaki, tozalangan suvni do'konlardagi kabi sotuvchilar sotib o'tirishmaydi. Pulingiz va suv soladigan idishingiz bo'lsa bas. Qurilmada yozilishicha, 1 litr tozalangan suv 200 so'm ekan.
Faqat qurilma 200 so'mlik kupyuralarni qabul qilmaydi va qaytim ham qaytarmaydi. Qurilma faqat 500 so'm, 1000 so'm va 5000 so'mlik kupyuralarni qabul qiladi.
Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi
Telegram'dan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yetdi, deyiladi messenjerning rasmiy saytida.
Xabarda ta`kidlanishicha, agar messenjer mamlakat bo'lganida u dunyoda aholi soniga ko'ra oltinchi eng katta davlat bo'lardi.
"Biz odamlarga so'zsiz ishonadigan bir paytda 200 million odam ham bizga xuddi shunday ishonar ekan", - deyiladi relizda.
Telegram — matn va fayllar bilan almashish imkonini beruvchi, smartfonlar uchun bepul messenjer. Dastur xorijiy bozorlarga mo'ljallangan bo'lib, ingliz tilida ishlangan. Servis 2013 yilda ishga tushirilgan.
Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda
Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode nashri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga o'z platformalarida tranzaksiyalar o'tkazilgani uchun beriladi.
Recode’ning ta`kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga o'tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma`lumotiga ko'ra, yangi funksiyani sinovdan o'tkazish aprel oyi o'rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma`lum qilishgan Facebook’dan.
Хитойда юк поезди олти нафар темир йўл ишчисини уриб юборди!
Bred Pitt Anjyelina Joli bilan ajrashganidan so'ng ilk bor ommaga ko'rinish berdi
Mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo'llarga e`tibor qaratadigan vaqt keldi
Obama: AQSh prezidentligiga saylov natijasi qanday bo'lmasin Quyosh chiqaveradi
Tezkor xabar: AQShning yangi 45-prezidenti nomi ma`lum bo'ldi
OAV Apple'ning yangi rangdagi iPhone 7 ishlab chiqarish rejasidan xabar topdi
OAV Apple'ning yangi rangdagi iPhone 7 ishlab chiqarish rejasidan xabar topdi
Telegram’dan foydalanuvchi birinchi zararli dastur aniqlandi
Sud To'xtar Tuleshovning o'nlab uylarini, mashinalari, ot va tuyalarini musodara qildi
Davlat to'ntarishiga urinishda ayblangan qozog'istonlik tadbirkorga hukm o'qildi
Samsung Galaxy S8 sun`iy aql salohiyatiga ega bo'ladi
Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!
Fransiya fuqarosi rossiyalik xotinini jomadon ichida chegaradan o‘tkazmoqchi bo‘ldi
Tojikiston prezidenti o‘z o‘g‘lini korrupsiyaga qarshi bosh kurashuvchi etib tayinladi
