» » » 2014-yil Toshkent viloyatida ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orish obyektlarini ta’mirlashga 10,4 milliard so‘m yo‘naltirildi

2014-yil Toshkent viloyatida ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orish obyektlarini ta’mirlashga 10,4 milliard so‘m yo‘naltirildi

2014-yil Toshkent viloyatida ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orish obyektlarini ta’mirlashga 10,4 milliard so‘m yo‘naltirildi

"Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari va havza boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, Toshkent viloyatida o‘tgan yili ishlab chiqilgan manzilli dasturga muvofiq, ekin maydonlariga suv chiqarish va sug‘orishga ixtisoslashgan obyektlarni ta’mirlashga 10 milliard 440 million so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

Xususan, Piskent tumanidagi Tuyabo‘g‘iz kanalining chap irmog‘ida joylashgan suv chiqarish inshooti va 2,597 kilometr nazorat yo‘li rekonstruksiya qilingan. Chinoz tumanida "Oxunboboyev” nasos stansiyasidagi bosimli quvur qayta tiklangan. Parkent magistral kanalida o‘pirilish holatlari kuzatilgan va nisbatan xavfli bo‘lgan ayrim uchastkalar betonlangan. Shu singari qurilish-rekonstruksiya ishlarining sifatli bajarilishi bir qator sug‘oriladigan ekin maydonlarida suv ta’minotini yaxshilash, qariyb 5 million metr/kub suvni tejash imkonini bergan.

Joriy yilda ham bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, Zangiota tumanidagi "Jun” va Chinoz tumanidagi R-17 kanallari, Piskent tumanida "Uchtepa”, Bekobod tumanida K-2-4 nasos stansiyalari quvurlari qayta tiklanmoqda.

Mutaxassislarning fikricha, melioratsiya tadbirlarining sifatli bajarilishi tuproqda ekinlarni yetishtirish uchun qulay bo‘lgan suv va havo, harorat va oziq rejimini, atmosferaning yer yuzasiga yaqin qatlamida havoning harorati hamda harakatini o‘zgartirish imkonini beradi. Natijada yangi yerlar o‘zlashtirilib, ekin maydonlari kengayadi, yerning unumdorligi ortib, hosildorlik oshadi, mahsulot sifati yaxshilanadi. Muxtasar aytganda, melioratsiya tadbirlari ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan birga ayrim ekologik muammolarni ham ijobiy hal etadi.

"2013–2017-yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan hududiy dastur asosida 42 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan, – dedi "Chirchiq-Ohangaron” irrigatsiya tizimlari va havza boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Qurbonov. –  O‘tgan yillarda ushbu loyihalarning 20 tasi bajarildi. Natijada 27 ming 673 gektar maydonning meliorativ holati yaxshilandi. Joriy yilda 23,2 kilometr uzunlikdagi kollektorlarni rekonstruksiya qilish, ikki inshoot, 10 meliorativ tik va 53 kuzatuv qudug‘ini qurish, 745,3 kilometr uzunlikdagi kollektorlarni tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshiriladi”.

Viloyatda tomchilatib sug‘orish tizimi va suvni tejaydigan boshqa texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2013-yilda 257 gektar maydonga shunday tizim joriy etilgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 360 gektarga yetgan.

Опубликовано: ProSamo (11-03-2015, 21:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют