» » Salohning dubli «Liverpul»ga g'alaba keltirmadi

Salohning dubli «Liverpul»ga g'alaba keltirmadi

Salohning dubli «Liverpul»ga g'alaba keltirmadi

Liverpuldagi «Enfild» o'yingohida Angliya chempionatining 26-turi doirasida «Liverpul» «Tottenhem Hotspur»ni qabul qildi. Uchrashuvda durang hisob qayd etildi — 2:2.

Maydon egalari 3-daqiqadayoq hisobda oldinga chiqib olishdi, Muhammad Saloh mehmonlar jamoasi himoyachilari xatosidan unumli foydalandi. «Shporlar» 80-daqiqada javob qaytarishdi — endigina maydonga tushgan Viktor Vanyama uzoqdan Kariusni dog'da qoldirdi.

Shundan keyin londonliklar jamoasi oldinga tashlandi va Harri Keyn penalti ishladi. Ammo uning o'zi nuqtaga yaqinlashib, xatoga yo'l qo'ydi, to'p Loris Karius turgan joyga yo'naltirildi.

O'yinga qo'shimcha daqiqalar boshlanganida Saloh raqib jarima maydonida raqib himoyachilarini bir o'zi aldab o'tib, darvozani ishg'ol qildi. Ammo bu gol g'alabani ta`minlamadi — hakam mezbonlar darvozasi tomon yana bir bor penalti belgiladi, bu safar Keyn aniq harakat qildi.

Endilikda APL turnir jadvalida «Liverpul» 51 ochko bilan uchinchi o'rinda,  «Tottenhem» 49 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan.

Angliya chempionati
26-tur

Liverpul – Tottenhem 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 3 Saloh, 1:1 – 80 Vanyama, 2:1 – 90 Saloh, 2:2 – 90 Keyn.
Liverpul – Karius, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Lovren, Firmino, Jan, Saloh, Milner (Matip, 78), Mane (Oksleyd-Chemberlen, 65), Xenderson (Veynaldum, 65).
Tottenhem – Loris, Sanches (Lamela, 71), Devis, Tripper, Vertongen, Eriksen, Dembele (Vanyama, 79), Dayyer, Alli, Son Xin Min (Lorente, 90), Keyn.
Ogohlantirishlar: Aleksander-Arnold (42), Milner (58), Alli (69), Jan (90).

Опубликовано: Bek (5-02-2018, 02:33)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют