» » Pogba yo‘q, Brunu esa bor. “Real” 70 mln yevroga portugaliyalik futbolchini sotib oladigan bo‘ldi

Pogba yo‘q, Brunu esa bor. “Real” 70 mln yevroga portugaliyalik futbolchini sotib oladigan bo‘ldi


Madridning “Real” klubi Portugaliya terma jamoasi hamda “Sporting” yarim himoyachisi Brunu Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib oladi, deb yozadi O Jogo.

Ta’kidlanishicha, Madrid klubi 24 yoshli futbolchi uchun lissabonliklarga 70 million yevro to‘laydi. Ammo futbolchi amaldagi mavsumni “Sporting”da o‘tkazadi. U 2020-yil yozida “Real”ga borib qo‘shiladi.

Ma’lumot uchun, Fernandesh o‘tgan mavsum Portugaliya chempionatida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yozgi transferlar vaqtida uni “Manchester Yunayted” va “Tottenhem” o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” bosh murabbiyi avvalroq yarim himoya chizig‘iga faqat Pol Pogbani olib kelishni xohlayotgani aytilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-08-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют