» » Hindistonda 74 yoshli ayol egizaklarni dunyoga keltirdi. U bolali bo‘lishga 57 yil uringan

Hindistonda 74 yoshli ayol egizaklarni dunyoga keltirdi. U bolali bo‘lishga 57 yil uringan


Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida yashovchi Erramatti Mangayamma 74 yoshida sun’iy urug‘lantirish (EKU) yordamida homilador bo‘lib ikki qizaloqni dunyoga keltirdi, deb yozmoqda Hindustan Times.

Ayol qizaloqlarini kesar kesish usulida dunyoga keltirdi. Operatsiya yaxshi o‘tdi. Ona ham, chaqaloqlar ham sog‘lom va ularda hech qanday asoratlar yo‘q. Faqat ona oxirgi bir necha soatlik stressdan chiqishi uchun intensiv terapiya bo‘limiga yuborildi, — deydi shifoxona direktori.

Chaqaloqlar ko‘krak sutidan boqilmaydi, ularning oziqlanishi uchun donor sutidan foydalaniladi. Direktorning aytishicha, keksa ayol diabet va gipertenziya kabi kasalliklarga chalinmagani tufayli homilador bo‘lib, tug‘a olgan.

Mangayamma va uning 80 yoshli turmush o‘rtog‘i Raya Rao 1962-yilning 22-martida turmush qurgan. Ular 57 yil mobaynida bolali bo‘lishga uringan. Nihoyat sun’iy urug‘lantirish tufayli 74 yoshli ayol shu yilning yanvar oyida homilador bo‘lishga erishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-09-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют