» » Belarusda 2 yoshli qiz tasodifan onasini o‘ldirib qo‘ydi

Belarusda 2 yoshli qiz tasodifan onasini o‘ldirib qo‘ydi


Belarusda ikki yoshli qiz uni avtomobil salonidan oyna orqali olmoqchi bo‘lgan onasini bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘ydi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Yosh oila 31-avgust kuni farzandi bilan qishloqqa mehmonga kelgan. 21 yoshli marhuma ayolning o‘sha kuni tug‘ilgan kuni nishonlangan. U avtomobil oynasi orqali salondan qizini olmoqchi bo‘lgan. Shunda qizcha oynani ko‘taruvchi tugmani bosib yuborgan. Oyna ko‘tarilib ayolni bo‘g‘ib qo‘ygan.

Oradan biroz vaqt o‘tgach, ayolning eri uni hushsiz holda topgan. Erkak avtomobil oynasini sindirib, tez yordam chaqirgan. Ayol og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan va asfiksiya tashxisi qo‘yilgan. Bir haftadan so‘ng u vafot etgan.

Politsiya hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют