» » Shavkat Mirziyoyev Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika va Nikaraguaga tabrik yo‘lladi. Ularning bari bir kunda mustaqillikka erishgan

Shavkat Mirziyoyev Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika va Nikaraguaga tabrik yo‘lladi. Ularning bari bir kunda mustaqillikka erishgan


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Amerikadagi to‘rt mamlakat — Gvatemala, Gonduras, Kosta-Rika va Nikaraguaga ushbu mamlakatlarning milliy bayrami — mustaqillik kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

Qutlovlar Gvatemala prezidenti Jimmi Ernesto Morales, Gonduras prezidenti Xuan Orlando Ernandes, Kosta-Rika prezidenti Karlos Alvarado Kesada va Nikaragua prezidenti Xose Daniel Ortega nomiga yo‘llangan.

Ma’lumot uchun, 1821-yil 15-sentabr kuni Gvatemala shahrida bo‘lgan yig‘ilishda shu vaqtgacha Ispaniya mustamlakasi hisoblangan Gvatemala general-kapitanligi o‘zining mustaqilligini e’lon qilgan. O‘sha vaqtda general-kapitanlik tarkibida Gvatemaladan tashqari Markaziy Amerikaning hozirgi kundagi boshqa mustaqil mamlakatlari — Gonduras, Nikaragua va Kosta-Rika ham bo‘lgan.

Ko‘p o‘tmay Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va Kosta-Rika uyushib, Meksika imperiyasi tarkibiga kirgan. 1823-yilda Meksika imperiyasi qulagach, ushbu davlatlar Markaziy Amerika Federativ Respublikasini tashkil etgan. 1840-yilga kelib federatsiya parchalanib ketgan — 1838-yil 30-aprelda Nikaragua, 6-oktabrda Gonduras, 14-noyabrda Kosta-Rika va 1839-yil 17-aprelda Gvatemela suverenitetini e’lon qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют