» » Toshkentdan Qozogistonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga avtobus qatnovi yolga qoyiladi

Toshkentdan Qozogistonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga avtobus qatnovi yolga qoyiladi


Toshkentdan Qozogistonning Xorgos va Petropavlsk shaharlariga 25-sentabrdan muntazam avtobus qatnovlari yolga qoyiladi. Bu haqda Daryoga Transport vazirligi matbuot xizmati malum qildi.

Qayd qilinishicha, mazkur yonalishlarda Uzautotrans Servicekorxonasining Yutong avtobuslarida xizmat korsatiladi.

ToshkentXorgos qatnovlar haftaning dushanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi. Avtobuslar Toshkent avtovokzalidan soat 10:00 da yolga chiqadi. Chipta narxi esa 200 000 som etib belgilangan.Yonalish masofasi 1235 kilometrni tashkil etadi.

ToshkentPetropavlsk yonalishida qatnovlar kunora amalga oshiriladi. Avtobus Toshkent avtovokzalidan soat 19:00 da jonab ketadi. Chipta narxi 337 000 somni tashkil etadi.Yonalish masofasi 2150 kilometr.

Avvalroq Uzautotrans Servicekorxonasi 24-sentabrdan ToshkentQozon, ToshkentNur-Sulton va ToshkentXojand yonalishlarida ham muntazam qatnovlarni amalga oshirishi haqida xabar berilgandi.

ToshkentQozon yonalishi boyicha qatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi. Avtobus soat 11:00 da Toshkent avtovokzalidan jonab ketadi. ToshkentQozon xalqaro avtobus yonalishining masofasi 2651 kilometr bolib, yolkira haqi 500 000 somni tashkil etadi. Safar davomida avtobuslar Ozbekistonning Gishtkoprik, Qozogiston respublikasining Jibek Joli va Jaysan hamda Rossiyaning Sagarchin chegara bojxona postlaridan otadi.

Shuningdek, ToshkentNur-Sulton yonalishida qatnovlar kunora amalga oshiriladi. 1646 kilometr teng masofani avtobuslar 27 soat 30 daqiqada bosib otadi. Ushbu yonalishda chipta narxi 220 000 somni tashkil etadi.

Bundan tashqari, ToshkentXojand yonalishida qatnovlar har kuni amalga oshiriladi. Avtobuslar Toshkent va Xojand avtovokzallari ortasida Nurafshon, Boka shaharlari orqali harakatlanib, Oybek va Fotehobod nazorat otkazish punktlaridan otadi. Ushbu yonalish masofasi 174 kilometrga teng bolib, chipta narxi 50 000 somni tashkil etadi.

Barcha yonalishlar boyicha chiptalarni Toshkent avtovokzali kassalaridan xarid qilish mumkin.



Manba: Daryo.uz
: admin (23-09-2019, 22:58)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -