» » Britaniya Oliy sudi mamlakat parlamenti faoliyatini to‘xtatish haqidagi qarorni noqonuniy deb topdi

Britaniya Oliy sudi mamlakat parlamenti faoliyatini to‘xtatish haqidagi qarorni noqonuniy deb topdi


Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson qirolicha Yelizaveta II ga parlament faoliyatini 5 haftaga to‘xtatishni taklif qilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘ygan. Mamlakat oliy sudi shunday to‘xtamga keldi, deya xabar beradi Meduza.

Sud Jonsonning tavsiyasini “noqonuniy, foydasiz va samarasiz” deb topdi. 11 nafar sudya parlament joriy sessiyasini to‘xtatib qo‘yish haqidagi qaror bekor qilinishi kerak degan xulosaga kelgan.

Boris Jonsonning raqiblari bosh vazir deputatlarga Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan kelishuvsiz chiqishini bloklashiga to‘sqinlik qilish uchun parlament ishini to‘xtatishga qaror qilgan deb hisobladi.

Mazkur qaror tufayli London va boshqa shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, 1,7 milliondan ortiq kishi bosh vazirning qaroriga qarshi petitsiyani imzoladi.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Britaniya parlamentining quyi palatasi 25-sentabr kuni ertalabdan o‘z ishini tiklaydi. Bu haqda palata spikeri Jon Berkou ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-09-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 57) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют