» » Moliya vazirligi O‘zbekistonda QQS foizi pasaytirilishi tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar qanday qoplanishiga izoh berdi

Moliya vazirligi O‘zbekistonda QQS foizi pasaytirilishi tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlar qanday qoplanishiga izoh berdi


Moliya vazirining o‘rinbosari Dilshod Sultonov joriy yil 1-oktabrdan qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasayishi hisobiga davlat budjetiga tushumlar qisqarishi qanday qoplanishiga izoh berdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

“Albatta, budjet uchun bu to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotish. QQS budjet uchun asosiy soliq va 5 foizga pasayish kelgusi yilda 10 trillion so‘mdan ko‘proq summa boy berilishini anlatadi. Yil oxirigacha esa budjet yo‘qotishlari 1,5 trillion so‘mdan oshiqni tashkil etadi”, — dedi Sultonov.

Moliya vaziri o‘rinbosariga ko‘ra, aksiz solig‘i stavkalari indeksatsiyasi ko‘zda tutilgan va bu yo‘qotishlarning 12-13 foizini qoplaydi (200 milliard so‘m). Ikkinchi chora tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirishdan iborat.

Shuningdek, joriy yilda elektron hisob-fakturalar joriy etilishi, soliq solish bazasi va QQS to‘lovchilari doirasi kengaytirilishi evaziga qo‘shimcha daromad olinishi ko‘zlanmoqda.

“Ularni jamlaganda joriy yilda tushib qoladigan soliq daromadlarini qoplay olmaydi, lekin kelgusi yili bu choralar vaziyatni barqarorlashtirish imkonini beradi. Ya’ni ko‘proq soliq to‘lovchilar soyadan chiqadi”, — deydi Dilshod Sultonov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-09-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют