» » O‘zbekistonda texnikumlar faoliyati qayta tiklanadi

O‘zbekistonda texnikumlar faoliyati qayta tiklanadi


Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘rta maxsus professional ta’lim darajasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qarorga ko‘ra:

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligiga zarurat bo‘lganda, texnikumlarning tuzilmalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

O‘quvchilarni qabul qilish parametrlari 2020—2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda ikki oy muddatda texnikumlar bitiruvchilarini Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish, 2020-yilning 1-apreliga qadar texnikumlarda o‘quv-metodik jarayonni samarali tashkil etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish yuklatiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2019, 12:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют