» » Avstraliyalik ayol qizini zaharli ilon bilan birga suratga oldi

Avstraliyalik ayol qizini zaharli ilon bilan birga suratga oldi


Avstraliyalik ayol kichkina qizini zaharli ilon bilan birga suratga oldi. Ayol zaharli jonzot farzandiga xavfli darajada yaqinlashgandan keyingina sezib qolgan. Bu haqda Daily Mailga tayanib, “Korrespondent.net” xabar beradi.

Avstraliyalik ayolning ismi Byanka Dikkenson ekanligi aytilmoqda. U ikki yoshli qiziga tabiat qo‘ynida fotosessiya uyushtirgan, shu vaqt yerda g‘alati harakatni payqab qolgan.

Bir zum o‘tgach u, farzandi yonida zahri odamni o‘ldirishga qodir ikki metr keladigan, to‘rli jigarrang ilon ekanligini tushungan.

Ayolni miyasiga birinchi bo‘lib, qizining yoniga yugurib borib uni ilondan himoya qilish fikri kelgan, ammo buning oqibatida voqea fojiali yakun topishi mumkin edi.

Shundan so‘ng Dikkenson ma’lum bir holatda qotib turgan qizni suratga olishni davom etgan, ilon tinchgina sudralib ketishiga imkon bergan.

Опубликовано: admin (31-03-2017, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют