» » Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi: “Tajriba borasidagi farq yaqqol ko‘rinib qoldi”

Yaman terma jamoasi bosh murabbiyi: “Tajriba borasidagi farq yaqqol ko‘rinib qoldi”


Yaman terma jamoasi ustozi Sami al-Nash JCh—2022 saralash bosqichi doirasida O‘zbekistonga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

O‘yin haqida

Bugungi o‘yinda tajriba o‘rtasidagi farq yaqqol sezilib qoldi. O‘zbekiston termasi esa tajriba borasida ustun edi, shu boisdan ham ular yirik hisobda g‘alaba qozondi. Saudiya va Singapurga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizni namoyish qila olmadik. Ba’zi vaziyatlar yuzaga keldi, biroq ulardan foydalana olmadik.

Falastinga qarshi o‘ynagan O‘zbekiston termasi bilan bugungi O‘zbekistonning farqi?

Albatta, juda katta farq bo‘ldi. Eng katta farq esa ular o‘z muxlislari ko‘z qarshisida o‘ynagani bo‘ldi. Ular o‘zgacha muhitda to‘p surish orqali yirik hisobdagi g‘alabani o‘ziniki qildi.

Nima uchun Yaman Saudiya va Singapurga qarshi o‘yinlardagi kabi jangovar o‘yin ko‘rsata olmadi?

Sariq kartochkalar sabab asosiy hujumchimiz maydonga tusha olmadi. Uning yo‘qligi bilindi. Bundan tashqari muxlislar ham yetishmadi.

Nima uchun to‘pga egalik qilishga harakat qilinmadi?

Jamoa juda yosh shu boisdan ham o‘ylagan ishlarimiz deyarli amalga oshmadi. Tarkib yosh va tajriba kamligi boisdan ham to‘pga egalik qilish borasida muammolar bo‘lmoqda.

Mavzuga doir: Vadim Abramov: “Juda qiyin vaziyatda edik, natija o‘yinga mos bo‘ldi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют