» » Prezident Davlat maslahatchisining Marg‘ilondagi sayyor qabulida ikki oydan beri nafaqa pulini ololmayotgan beva murojaati ijobiy hal etildi

Prezident Davlat maslahatchisining Marg‘ilondagi sayyor qabulida ikki oydan beri nafaqa pulini ololmayotgan beva murojaati ijobiy hal etildi


O‘zbekiston Prezidentining Davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenovning Marg‘ilon shahrida tashkil etilgan sayyor qabulida mazkur shahar, Qo‘shtepa, Yozyovon, Toshloq tumanlari aholisidan Prezidentning Virtual qabulxonasi va joylardagi Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarga yechim izlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Yuzma-yuz muloqotda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli soha rahbarlariga murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

“Biogaz texnologiyasi asosida issiqxona qurish uchun yer maydoni so‘rab murojaat qilgan edim. Murojaatim qondirilib, tuman hokimligi tomonidan yer ajratiladigan bo‘ldi”, — dedi Toshloq tumanidan Toyirjon To‘xtasinov.

“Turmush o‘rtog‘im vafot etib, ikki farzandimni yolg‘iz tarbiyalayapman. Ikki oydan beri nafaqa pulini ololmay sarson edim. Bugungi sayyor qabulda murojaatim ijobiy hal etildi. Moddiy yordam ham ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Bunday e’tibordan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi”, — dedi Qo‘shtepa tumani Qoraqushchi mahallasida yashovchi Nigora Qodirova.

Sayyor qabulda uy-joy, kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi, tibbiyot, huquq-tartibot idoralari faoliyati va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, maishiy masalalarda qilingan murojaatlar ko‘rib chiqilib, tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi.

Farg‘ona va Quvasoy shaharlari, Quva, Farg‘ona va So‘x tumanlari uchun ham sayyor qabul o‘tkazildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют