» » Onlayn-auksionga 2 ta eski Lincoln avtomobili qo‘yildi

Onlayn-auksionga 2 ta eski Lincoln avtomobili qo‘yildi


Onlayn-auksionga ikkita eski Lincoln avtomobili qo‘yildi. Bu haqda “E-auksion” ma’lumotlar markazi xabar bermoqda.

Lincoln Continental 1984-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, uning bosib o‘tgan masofasi 220 161 kilometr, Lincoln Town Car 1992-yilda ishlab chiqarilgan hamda bosib o‘tgan masofasi 240 130 kilometrni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, avtomobillarning texnik holati yaxshi, biroq ularning texnik pasporti yo‘q. Town Car avtomobilida akkumulyator ishlamaydi.

Avtomobillarni Mudofaa vazirligi ta’minot bo‘limi xaridlari boshqarmasi sotuvga qo‘ygan.

Continental avtomobilining boshlang‘ich narxi 96 million so‘m, Town Car’ning boshlang‘ich narxi esa 82 million so‘m.

Arizalar 27-oktabrga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosi 29-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2019, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют