» » NASA Oyga uchadigan astronavtlar uchun mo‘ljallangan yangi kostyumni namoyish etdi

NASA Oyga uchadigan astronavtlar uchun mo‘ljallangan yangi kostyumni namoyish etdi


AQSh Aeronavtika va kosmik fazoni tadqiq qilish milliy boshqarmasi (NASA) Yerning tabiiy yo‘ldoshiga uchadigan navbatdagi ekspeditsiyaga mo‘ljallangan yangi skafandrni taqdim etdi, deb xabar beradi “Interfaks”.

NASA rahbari Jim Braydenstayn Oyga uchadigan amerikalik astronavtlarning “Artemida” dasturi uchun xEMU nomli yangi avlod kostyumini namoyish etdi. Biroq namoyish etilgan model hozircha prototip bo‘lib, hali yana Oyda erkin harakatlanish uchun takomillashtiriladi. Hozircha ushbu skafandr NASA astronavtlari Xalqaro kosmik stansiyada kiyib yurganga o‘xshash.

Ta’kidlanishicha, yangi skafandr har qanday o‘lchamdagi kosmonavtga mos kelishi kerak, bu mart oyida tarixda ikki ayolning birinchi bor kosmosga parvozi kerakli o‘lcham topilmagani sabab qoldirilgani kabi vaziyatning oldini oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют