» » “Milliy tiklanish” Markaziy kengashi Kabul Dusovning intervyusi yuzasidan rasmiy bayonot berdi

“Milliy tiklanish” Markaziy kengashi Kabul Dusovning intervyusi yuzasidan rasmiy bayonot berdi


“Milliy tiklanish” Markaziy kengashi Axborot xizmati Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati Kabul Dusovning “Fayzbog‘” axborot kanaliga bergan intervyusi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi shuni ma’lum qiladiki, Kabul Dusovning partiya a’zoligidan chiqish haqidagi murojaati ma’lumot uchun qabul qilindi.

Uning ijtimoiy tarmoqlar va ayrim saytlardagi chiqishlarida partiya ustaviga rioya etmaganligi, shuningdek, partiya obro‘siga putur yetkazuvchi axborotlarni tarqatgani, partiya imijini oshirishga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni amalga oshirgani uchun ko‘p ming sonli partiya a’zolarining Kabul Dusovga nisbatan partiyaviy chora ko‘rish haqidagi murojaatlarini inobatga olgan holda 2019-yil 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdagi syezdida xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqarilganligini ma’lum qilamiz.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati tomonidan partiya rahbari nomiga aytilgan asossiz, shaxsiy g‘araz maqsadlariga tayangan bo‘htonlar deputatning shaxsiga baho berish uchun keng jamoatchilikka yetarli bo‘lishini inobatga olib, partiya ushbu masalani muhokama uchun mavzu emas, deb hisoblaydi.

Huquqiy jihatdan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40—41-moddalariga muvofiq (“Tuhmat”, “Haqorat qilish”), sudga murojaat qilish uchun barcha dalillar va asoslarning mavjudligiga qaramasdan partiya rahbari ushbu huquqdan foydalanmasligini ma’lum qilamiz.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi bundan buyon ham barcha darajadagi deputatlardan partiyaviy intizomga qat’iy rioya qilish, saylovchilar e’tiroziga sabab bo‘luvchi, partiya elektorati manfaatlariga zid keluvchi harakatlarni amalga oshirmaslikni hamda deputatlik mas’uliyatini oshirishni talab etadi. Amaldagi qonunchilikka asosan, bunday hollarda deputatlarning vakolatlarini muddatidan avval to‘xtatish mumkinligini ma’lum qiladi.

“Milliy tiklanish” Markaziy kengashi Axborot xizmati

Tarmoqlarda Toshkentning Yashnobod tumani aholisi Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasidan bo‘lgan Kabul Dusov Maxtumquli ko‘chasidan 22-aviashaharchaga alohida o‘zi uchun kirish yo‘lini ochmoqchiligidan noroziligi tasvirlangan video tarqalgan edi. Keyinroq deputat barcha hujjatlarni rasmiylashtirgani, Toshkent shahar hokimiyatidan, shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasidan va boshqa tashkilotlardan ruxsat olgani, biroq aholi bunga qarshi chiqqani haqida vaziyatga izoh ham bergandi. Kuni kecha esa, deputatning “Mening yurtim” telekanli muxbiriga qilgan qo‘polligi tasvirlangan video tarqaldi.

Eslatib o‘tamiz, deputat Kabul Dusov ayollarning siyosatga aralashishini qoralagani hamda Shavkat Mirziyoyevdan uyg‘urlarni himoya qilishni iltimos qilib yozgan postlari orqali tanilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют