» » Kolumbiyada sel kelishi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi

Kolumbiyada sel kelishi natijasida 14 kishi halok bo‘ldi


Kolumbiyada Putumayo departmenti markaziga sel kelishi natijasida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq odam tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“65 nafarga yaqin jarohatlanganlar Mokoa shahri shifoxonasiga joylashtirilgan”, — dedi Tabiiy ofatlar oqibatlariga qarshi kurash milliy agentligi rahbari Karlos Ivan Markes.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tabiiy ofat shaharning 17 dahasini qamrab olgan. O‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan, deb aytilmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hodisaga mintaqada bir necha soat davom etgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan. Natijada Sangoyako va Mulato daryolari qirg‘og‘idan chiqib ketgan.

Tabiiy ofat yuz bergan joyga Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos kelishi kutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-04-2017, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют