» » “Barselona”da bosh murabbiy almashishi mumkin

“Barselona”da bosh murabbiy almashishi mumkin


Yevro—2020 final bosqichidan so‘ng Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman “Barselona”da ish boshlashi mumkin, deb yozmoqda Mundo Deportivo.

Niderlandiya futbol federatsiyasi direktori Niko-Yan Hugmaning so‘zlariga ko‘ra, Kumanning shartnomasida Yevro—2020 dan so‘ng uning “Barselona” ketishi mumkinligi haqida band bor.

Ammo buning uchun Kataloniya klubi niderlandiyaliklarga tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Kumanning terma jamoa bilan shartnomasi esa 2022-yil yoziga qadar tuzilgan.

Ma’lumot uchun, Kuman “Barselona” sharafini futbolchi sifatida 1989-yildan 1995-yilga qadar himoya qilgan. 1998-yildan 2000-yilga qadar esa murabbiylar shtabida xizmat qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют