» » “Adolat” SDP Kabul Dusovning partiya a’zoligiga qabul qilinganini rad etdi

“Adolat” SDP Kabul Dusovning partiya a’zoligiga qabul qilinganini rad etdi


“Fayzbog.uz” saytida e’lon qilingan “Kuch adolatda! Kabul Dusov ‘Adolat’ partiyasiga o‘tdi” xabarida Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi bo‘lgan Kabul Dusov boshqa partiyaga o‘tganini e’lon qilingan edi. “Adolat” SDP ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

“Adolat” SDP matbuot xizmatining rasmiy bayonotiga ko‘ra, bugungi kun holatida “Adolat” SDPning tuman, shahar tashkilotlari tomonidan Kabul Dusov partiya a’zoligiga qabul qilinmagan.

16-oktabr kuni tarmoqlarda deputat Kabul Dusov Yashnobod tumani aholisi bilan bo‘lgan janjali tasvirlangan video tarqalgan edi. Keyinroq deputat mazkur videoga izoh bergan, undan sal o‘tib esa “MY5” kanali muxbiriga qo‘pollik qilgani tasvirlangan video yana tarmoqlarda aylana boshlangandi. Shundan so‘ng deputat “Fayzbog.uz” saytiga intervyu bergan. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Kabul Dusovning intervyuda partiya a’zoligidan chiqish haqidagi murojaatini ma’lumot uchun qabul qilgani va uni 1-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdagi syezdida xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatiladigan nomzodlar tarkibidan chiqarilganligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют