» » O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida qariyb 51 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi

O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida qariyb 51 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi


O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—sentabr oylarida jami 50 922,2 milliard so‘m qurilish ishlari bajarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 119,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirildi.

Joriy davrda jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 12 410,2 milliar so‘mni tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davri bilan solishtirganda 4,5 foizga ko‘p ishlar bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkich darajasidan 3,3 foiz punktga kamaygan.

Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatilgan. Ular hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 54,3 foizi to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 5,2 foiz punktga ko‘paygan.

Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 131,7 foizni tashkil etgan holda 27 646,7 milliard so‘m miqdorida qayd etildi.

Norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari ulushi o‘tgan yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 1,9 foiz punktga kamayib, 21,3 foizni tashkil etdi va 10 865,4 milliard so‘m miqdorida qayd etildi. O‘tgan yilning mos davridagi hajm bilan solishtirganda 110,9 foizni tashkil etgani kuzatilgan.

Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 3 150,8 milliard so‘m yoki 2018-yilning yanvar—sentabriga nisbatan 154,7 foiz qurilish ishlari bajarilgan, nodavlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan esa 47 771,4 milliard so‘m ishlar bajarilib, o‘sish sur’ati 117,6 foizni tashkil etdi. Ularning respublikadagi ulushlari mos ravishda 6,2 foiz va 93,8 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют