» » Qashqadaryoda hukumat rahbarlari ishtirokidagi faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda viloyat “to‘rt”ligi ishdan olinishi mumkin

Qashqadaryoda hukumat rahbarlari ishtirokidagi faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Unda viloyat “to‘rt”ligi ishdan olinishi mumkin


Qashqadaryoda hukumat rahbarlari ishtirokida viloyat faollari yig‘ilishi o‘tkazilishi kutilmoqda. Unda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli jiddiy tanqid ostiga olinib, tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, yig‘ilish soat 11:00 da boshlanadi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala — viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev lavozimidan ozod qilinishi va yangi rahbar tayinlanishi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga O‘zbekiston Bosh vazirining sobiq o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari Zoyir Mirzayev tayinlanishi mumkin.

Aytilishicha, Zafar Ro‘ziyev bilan birgalikda viloyat prokurori Botir Yusupov, IIB boshlig‘i Dilshod Tursunboyev hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshanjon Nasimov ham ishdan olinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zafar Ro‘ziyev viloyatga 2015-yil 8-yanvardan beri rahbarlik qilib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют