» » Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi


Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Zoir Mirzayev – Qashqadaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati matbuot xizmati xabar berdi.

Zoir Mirzayev Bosh vazir o‘rinbosari hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan. 2018-yil oktabrida “Oqqo‘rg‘on voqeasi” sabab ishdan olinib, Sharof Rashidov tumaniga hokim etib tayinlangandi.

“Daryo” manbasining qo‘shimcha qilishicha, Qarshi shahriga Kasbi tumani hokimi Normo‘min Xolboyev, Mirishkor tumaniga Baxtiyor Rajabov, Chiroqchi tumaniga esa sobiq hokim Zafar Ro‘ziyevning birinchi o‘rinbosari Xurram Jo‘rayev tayinlangan.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda “to‘rt”lik ishdan olindi. Tuman va shahar hokimlarida ham o‘zgarish bor

Avvalroq, viloyatning 4 nafar rahbari — Zafar Ro‘ziyev, Botir Yusupov, Dilshod Tursunboyev hamda Ravshanjon Nasimov ishdan olingani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilov ham ishdan olingan. Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari mas’uliyatsizligi hamda Kitob tuman hokimi esa sog‘lig‘i yomonlashganligi sabab o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2019, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют