» » Farg‘onada yer ajratib berish uchun 30 ming dollar pora talab qilgan davlat korxonasi mutaxassisi ushlandi

Farg‘onada yer ajratib berish uchun 30 ming dollar pora talab qilgan davlat korxonasi mutaxassisi ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. va boshqalarning pora olish jinoyati fosh etildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular oldindan til biriktirib, fuqarolar O.N. va F.T.larning ishonchiga kirib, “M” fermer xo‘jaligiga tegishli takroriy ekindan bo‘shagan 5 gektar yer maydonini O.N.ning nomiga bog‘dorchilik yo‘nalishi uchun ajratib berish va tuman hokimining qarorini chiqartirib berishga va’da bergan. Evaziga 30 000 dollar talab qilgan.

Shundan 22 000 dollar va 28,5 millon so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” davlat korxonasi Oltiariq tumani filiali 2-toifali mutaxassisi E.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (“Firibgarlik”) va 28,211-moddalari (“Pora berish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют