» » To‘rt oy ichida Gretsiyaga 40 ming nafar muhojir va qochoq kirib kelgan

To‘rt oy ichida Gretsiyaga 40 ming nafar muhojir va qochoq kirib kelgan


Gretsiyaning Fuqarolar muhofazasi bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Yorgos Kumutsakos oxirgi to‘rt oy ichida mamlakat hududiga 40 ming nafar muhojir ko‘chib kelganligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Kumutsakos bu masalaning Gretsiyada milliy muammoga aylanib borayotganligini qayd etdi.

So‘nggi oylarda Turkiya sohillaridan keluvchi migrantlar va qochoqlar oqimi sezilarli darajada oshgan. Gretsiyaning ayrim viloyatlaridagi muhojirlar soni mahalliy aholi sonidan ham ko‘payib ketgan. Migrantlar orollardan mamlakatning qit’ada joylashgan qismiga ko‘chirilmoqda. Ayrim viloyatlarda mahalliy aholi vakillari o‘zlari yashaydigan hududlarga muhojirlar va qochoqlarning ko‘chirib o‘tkazilishiga qarshi norozilik namoyishlari ham o‘tkazgan.

Mavzuga doir: Tramp AQShda 2020-yili qochoqlar qabulini 18 ming kishigacha kamaytirishga qaror qildi

Vazir o‘rinbosari viloyatlarda kuzatilgan noroziliklarga sharh berish chog‘ida hukumatning vazifasi migrantlarning ko‘chirilishi haqida mahalliy hokimliklarni ogohlantirishdan iboratligini bildirdi.

Mavzuga doir: Suriyaga Iordaniya va Livandan 1,4 mingdan ortiq qochoq qaytib keldi

“Mahalliy aholining bu borada bizni qo‘llab-quvvatlashini istasak, ular bilan ushbu mavzuni tez-tez muhokama qilib turishimiz lozim,” — deydi Yorgos Kumutsakos.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют